Türkmen Kopuz

https://www.youtube.com/watch?v=DxBBWqydVKU

Demir Yürek Türkleriz  Temir Yurak Turklarmiz / Qadim azal-azaldan bosqon bilak Turklarmiz,

Özbek Türkü

Dadahon Hasan

Qadim azal-azaldan bosqon bilak Turklarmiz,
Faqat olg’a qalqigan qutlug’ tilak Turklarmiz,
Bu dunyoning barisi bizga kerak Turklarmiz,
O’lim bilan o’ynashgan temir yurak Turklarmiz!

G’azabdan hayqirajak ajdarho ko’zu qoshlar,
Harsangga aylanajak bu mag’rur tilla boshlar,
Kuch va qudratimizdan chinqirar tog’u toshlar,
O’lim bilan o’ynashgan temir yurak Turklarmiz!

Bu o’tli tomirlarda bobolarning qoni bor,
Muzaffar o’tmishlarning sharafi bor, shoni bor,
Turkistonning Temurbek, Bobur, Chingizxoni bor,
O’lim bilan o’ynashgan temir yurak Turklarmiz!

O’ral bo’zqirlarida hanjar bo’lib unamiz,
Tangritog’ qoyalariga burgutlardek qo’namiz,
Shukur, alhamdulilloh barhayotdir onamiz,
O’lim bilan o’ynashgan temir yurak Turklarmiz!

Yazar
Kırmızılar

Bu websitesinde farkı kaynaklardan derlenen içerikler yayınlanmakta olup tüm hakları sahiplerinindir. Sitedeki içerikler atıf gösterilerek kaynak olarak kullanlabilir. Yazıların yasal sorumluluğu yazara aittir. Tüm Hakları Saklıdır. Kırmızlar® 2010 - 2024

medyagen